KALIFORNIYA UNIVERSITETI



KALIFORNIYA UNIVERSITETI -AQShdagi yirik oliy o’quv yurtlaridan biri. 1868 yil Oklendda (San- Frantsisko yaqinida) Kaliforniya kolleji (1855) negizida ochilgan. Berkli, Deyvis, Los-Anjeles, Riversayd, San- Frantsisko va boshqa shaharlarda kampuslar (universitet shaharchalari) bor. Ayrim kampuslar yirik ilmiy markazlardir. Turli ixtisosliklar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 10 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Kutubxonalarida 10 milliondan ortiq asar saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz