Kalidasa




Kalidasa (taxminan, 5-asr) — hind shoiri va dramaturgi. K.dan "Raghu nasli", "Kumariyning tugʻilishi", "Darakchi budut", "Yil fasllari" lirik dostonlari hamda "Malavika va Agnimitra", "Uzugidan tanilgan Shakuntala" (yoki "Shakuntola"), "Matonat bilan olingan Urvashi" dramalari qolgan. Hind adabiyotining qad. yodgorliklari sanalgan vedalar, "Mahabhorat" va "Ramayana" epik dostonlari K. asarlariga manba boʻlib xizmat qilgan. K. xalq manfaatlarini nazar-pisand qilmaydigan hukmdorlarning bosqinchilik urushlarini qoralagan, insonning ijodiy salohiyatini ulugʻlagan. K. "Raghu nasli" dostonida afsonaviy Raghu naslining hayoti, shuningdek, Hindistondagi turli xalklarning turmush tarzini aks ettirgan. K. — nozik ruhshunos hamdir. Uning dramaturgiyasi qad. Hindistonda teatr sanʼatining yuksak darajada rivoj topganligini koʻrsatadi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz