Kali Linux
Kali Linux – bu raqamli ekspertiza va penetratsion testlash uchun moʻljallangan Debian asosiga qurilgan Linux distributivi. U Offensive Security tomonidan taʼminlanadi va moliyalashtiriladi.
Kali Linuxda taxminan 600 penetratsion sinov dasturlari (asboblari) mavjud, jumladan Armitage (kiber hujumlarni boshqaruvchi vosita), Nmap (port skaneri), Wireshark (paket analizatori), metasploit (penetratsion tekshiruv tizimi), Jon the Ripper (parollar buzuvchi asbob), sqlmap (SQL maʼlumotlar bazasi olish va inyeksiya asbobi), Aircrack-ng (LAN larga kirishni tahlil qiluvchi dasturiy vositalar toʻplami), Burp toʻplami va OWASP ZAP veb-ilovalar skanerlari , va boshqalar.
Kali Mati Aharoni va Devon Kearns boshchiligidagi Offensive Security tomonidan BackTrackni qayta yozish orqali ishlab chiqilgan, BlackTrack avvalgi axborot xavfsizligini sinovdan oʻtkazish uchun Knoppix asosidagi Linux distributividir.
Kali Linux Debain Testingga asoslangan. Kali foydalanadigan paketlarning aksariyati Debian repozitoriyasidan import qilinadi.
Kali Linuxning mashhurligi Mr. Robot teleserialining bir nechta epizodlarida namoyish etilganidan soʻng yanada oshdi. Ushbu teleserialda namoyish etilgan asboblar: Bluesniff, Bluetooth Scanner (btscanner), Jon Ripper, Metasploit Framework, Nmap, Shellshock va Wget Kali Linux tomonidan ishlab chiqilgan vositalar tarkibiga kiradi.
Kali Linux va BackTrack shiorlari „Qancha tinch boʻlsangiz, shuncha koʻp eshitasiz“ boʻlib, ushbu shior serialning baʼzi epizodlarida koʻrsatib o'tildi.
Versiya
Birinchi versiya, 1.0.0 „moto“ 2013 yil mart oyida chiqarilgan.
2019-yil noyabr oyida 2019.4 versiyasi bilan standart foydalanuvchi interfeysi GNOMEdan Xfcega oʻzgartirildi, biroq GNOME versiyasi hali ham mavjud.
2020-yil avgust oyida 2020.3 versiyasi bilan standart terminal Bashdan ZSHga oʻzgartirildi, Bash terminali esa tanlov varianti sifatida qoldi.
Tizim talablari
Kali Linux quyidagilarni talab qiladi:
Barcha imkoniyatlarni oʻz ichiga olgan versiya uchun tavsiya etilgan apparat spetsifikatsiyasi:
Qoʻllab-quvvatlanadigan platformalar
Kali Linux 32-bitli va 64-bitli tasvir bilan x86 instruksiya toʻplamiga asoslangan xostlarda foydalanish uchun, hamda Beagle Board kompyuterida va Samsungning ARM Chromebook kompyuterida foydalanish uchun ARM arxitekturasida tasvir fayli sifatida tarqatiladi.
Kali Linux ishlab chiquvchilari Kali Linuxni koʻplab ARM arxitekturasidagi qurilmalar uchun ham chiqarishni maqsad qilishgan.
Kali Linux allaqachon Asus Chromebook Flip C100P, BeagleBone Black, HP Chromebook, CubieBoard 2, CuBox, CuBox-i, Raspberry Pi, EfikaMX, Odroid U2, Odroid XU, Odroid XU3, Samsung Chromebook, Utilite Pro, Galaxy Note 1 qurilmalari uchun mavjud.
Kali NetHunter kelishi bilan Kali Linux rasmiy ravishda Nexus 5, Nexus 6, Nexus 7, Nexus 9, Nexus 10, OnePlus One kabi Android qurilmalarda ham mavjud boʻldi. Bundan tashqari, norasmiy hamjamiyatlar yordamida Kali Linux yana boshqa qurilmalar uchun ham ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, Kali Linux Windows 10, Windows Subsystem for Linux(WSL) da ham mavjud. Windows uchun rasmiy Kali distributivini Microsoft Storedan yuklab olish mumkin.
Xususiyatlari
Kali Linuxda Kali NetHunter deb nomlangan maxsus Android qurilmalari uchun yaratilgan loyiha mavjud.
Bu Kali hamjamiyatining aʼzosi boʻlmish „BinkyBear“ va Offensive Security oʻrtasida hamkorlikda yaratilgan Nexus qurilmalari uchun birinchi ochiq manbali Android penetratsion testlash platformasi. U Wireless 802.11 freym inyeksiyasini, bir bosishli MANA Evil Access Point sozlamalari, HID klaviaturasini (Teensy like hujumlari), shuningdek Bad USB MITM hujumlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
BackTrack sud-tibbiy rejim deb nomlanuvchi rejimni ham oʻz ichiga olgan boʻlib, u Kaliga jonli yuklanish orqali oʻtkaziladi. Ushbu rejim juda koʻp omillarga koʻra ancha mashhur, koʻp Kali foydalanuvchilari allaqachon yuklanadigan Kali USB qurilmasiga yoki CDga ega va bu parametr Kalini raqamli sud-tibbiyot ishiga qoʻllashni osonlashtiradi. Raqamli sud-tibbiy rejimida yuklanganda, tizim ichki qattiq diskka tegmaydi yoki xotiradagi boʻsh kataklar oʻrnini almashtirmaydi va avtomatik oʻrnatish oʻchirib qoʻyiladi. Biroq, ishlab chiquvchilar Kalini haqiqiy dunyo kriminalistikasi uchun ishlatishdan oldin foydalanuvchilarga ushbu imkoniyatlardan sinov tariqasida foydalanib koʻrishni tavsiya etadi.
Asboblar
Kali Linux quyidagi xavfsizlik vositalarini oʻz ichiga oladi:
Ushbu vositalar bir qancha maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin, ularning aksariyati tarmoq ilovasidan foydalanish, tarmoqni aniqlash, IP-manzilni skanerlash kabilarni oʻz ichiga oladi. Oldingi versiyadagi koʻplab uskuna va vositalar (BackTrack) eng samarali penetratsion test ilovalarini ishlab chiqich uchun olib tashlandi.
Offensive Security oʻzining „Kali Linux Revealed“ kitobini taqdim etgan, va uni bepul yuklab olish mumkin.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org