KALGARI



KALGARI — Kanadaning g’arbiy qismidagi shahar. Alberta provintsiyasida, qoyali tog’lar etagida. Aholisi 819,3 ming kishi (1996). Transport yo’llari tuguni. Mamlakatning muhim sanoat, savdo (galla va chorva) markazi. Shaharning bunyodga kelishi neft sanoatining o’sishi bilan bog’liq. Neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Qishki kurort. Kalgarida 15-qishki olimpiada o’yinlari (1988) bo’lib o’tgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz