Kalbitxan




Kalbitxan (koreyscha: 갈비탕, 갈비湯, Galbi tang, kalbi tʼang) — asosan, mol qovurgʻasidan, shuningdek, mol goʻshti, daykon, piyoz va boshqa masalliqlardan tayyorlanadigan txan yoki koreys shoʻrvasining bir variantidir. „Kalbi“ — „gogigui“ deb nomlangan koreys barbekyusida qovurilgan mol goʻshti qovurgʻalari va xitoycha „txan“ qoʻshimchasi „qaynatish“, degan maʼnoni anglatadi. Demak, koreyscha nomi soʻzma-soʻz „mol qovurgʻa shoʻrvasi“ deb tarjima qilinadi. Shoʻrva quyidagicha tayyorlanadi: kalbi sekin qaynayotgan suvda uzoq vaqt qaynatiladi. Bu hoʻkiz tuyogʻidan tayyorlangan shoʻrva — sollontxanga oʻxshaydi.

Kalbitxan toʻgʻrisidagi tarixiy matnlar 1890-yillarda oʻtkazilgan Koreya saroy ziyofati qoidalari jadvalida keltirilgan. Biroq, kalbi Koryo sulolasining keyingi davrida (918-1392) allaqachon isteʼmol qilingan, degan taxminlar mavjud.

Kalbitxan toʻy dasturxonida ham tortiladi.

Tayyorlanishi



Kalbitxanni tayyorlash uchun jami 5 soat vaqt ketadi. Qovurgʻalar oʻtkir pichoq bilan kesib goʻshti shilinadi, soʻngra uzunligi 5-6 sm boʻlgan bir necha boʻlaklarga boʻlinadi. Keyin yuqori olovda ular mol goʻshti va butun daykon bilan qaynatiladi, kastryulga birinchi daykon solinadi. Bir muddat oʻtgach, olov pasaytiriladi.

4-5 soatdan soʻng mol goʻshti juda yumshab qoladi, shundan soʻng daykon idishdan olinadi va 3 smdan tilimlanadi. Qovurgʻalar ham tovadan chiqariladi va maydalangan koʻkpiyoz, sarimsoq va qalampir kukuni, soya sousi sepiladi, shuningdek, kunjut yogʻi — kunjut aralashmasi va tuz solinadi. Shoʻrva soviganidan soʻng sirtdagi yogʻ olib tashlanadi. Xushxoʻrlashtirilgan qovurgʻalar va toʻgʻralgan daykon yana qozonga solib qaynatiladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz