Kalaxona majmuasi




Kalaxona majmuasi - Ozarbayjondagi meʼmoriy yodgorlik majmui (17-asr). Shemaxa sh.ning Kalaxona qishlogʻida joylashgan. 9 maqbaradan 8 tasi saqlangan. Maqbaralardan birining chuqur ravoqli eshigi tepasidagi kitobasida qurilgan yili (1663), usta Abdul Azim Sarkor nomi saqlangan. Maqbara 8 qirrali, piramida shaklida, kulohiy gumbazi pishiq gʻishtdan qurilgan. K.m. 1960 yilda taʼmirlangan. Maqbaralarning tashqi koʻrinishi, gumbazlari Faxriddin Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi kabilarga oʻxshashdir

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz