KALAXONA MAJMUASI – Ozarbayjondagi me’moriy yodgorlik majmui (17-asr). Shemaxa shahrining Kalaxona qishlog’ida joylashgan. 9 maqbaradan 8 tasi saqlangan. Maqbaralardan birining chuqur ravoqli eshigi tepasidagi kitobasida qurilgan yili (1663), usta Abdul Azim Sarkor nomi saqlangan. Maqbara 8 qirrali, piramida shaklida, kulohiy gumbazi pishiq g’ishtdan qurilgan. Kalaxona majmuasi 1960 yilda ta’mirlangan. Maqbaralarning tashqi ko’rinishi, gumbazlari Faxriddin Roziy maqbarasi, Sulton Takash maqbarasi, Jahongir maqbarasi, Qaldirg’ochbiy maqbarasi kabilarga o’xshashdir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish