Kalandr




Kalandr (frans. calande — dumalatish, yaltiratish) — materiallar (gazlama, qogʻoz, rezina va b.)ga gul bosish, ularni silliqlash, yaltiratish, zichlash mashinasi. K. gorizontal joylashgan metall vallar (2—20 ta)dan iborat boʻlib, ular orasidan rulon yoki list materiallar oʻtkaziladi. Vallar richag-yuk, pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida qisiladi hamda koʻtariladi. Qogʻoz i.ch.da K.ning mashinali, superkalandr, kalibrlovchi va bosma naqsh tushiradigan xillari bor. K. toʻqimachilikda, rezina i. ch.da, plastmassalardan polimer plyonkalar va buyumlar tayyorlashda, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz