Kalamin




Kalamin (lot. Calamina) — mineral, ruhning suvli ortosilikati. Kimyoviy formulasi Zn2SiO4 • N2O. Kristallari rombik singoniyali, tayoqchasimon va ignasimon hamda toshma, donador va zich hosilalar koʻrinishida. Rangi tussiz, oq, sargʻimtir-yashilrokdan zangorigacha. Yashil-zangori tusda tovlanadi. Aliq ifodalangan piroelektrik xususiyatlarga ega. Qattiqligi 4—5; zichligi 3,4—3,5 g/sm’. Smitsonit va villemit bilan birgalikda qoʻrgʻoshinruxli konlarning oksidlanish zonasida vujudga keladi. Rux rudasi sifatida maʼlum. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududlarida (Olmaliqdagi Qoʻrgʻoshinkon, Qoramozorning koʻpgina konlari) keng tarqalgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz