KALAMIN



KALAMIN (lotincha Calamina) — mineral, ruhning suvli ortosilikati. Kimyoviy formulasi Zn2SiO4 • N2O. Kristallari rombik singoniyali, tayoqchasimon va ignasimon hamda toshma, donador va zich hosilalar ko’rinishida. Rangi tussiz, oq, sarg’imtir-yashilroqdan zangorigacha. Yashil-zangori tusda tovlanadi. Aliq ifodalangan piroelektrik xususiyatlarga ega. Qattiqligi 4-5; zichligi 3,4—3,5 gramm/santimetr. Smitsonit va villemit bilan birgalikda qo’rg’oshin- ruxli konlarning oksidlanish zonasida vujudga keladi. Rux rudasi sifatida ma’lum. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududlarida (Olmaliqdagi Qo’rg’oshinkon, Qoramozorning ko’pgina konlari) keng tarqalgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz