Kalakukko




Kalakukko ( kalekukko fin: kalakukko — „baliqli xoʻroz“ yoki „baliqli bulochka“) — bu anʼanaviy Fin javdar baliq pirogi. Odatda pirog qiymasi uchun baliq filesi, koʻpincha losos baligʻi, choʻchqa yogʻi yoki bekon qoʻshiladi. Pirog tashqi tomondan katta javdar bolka nonini yodga soladi. Kalakukko har Rojdestvo bayramida Finlarning dasturxonidan joy oladi. Sharqiy Finlandiyadagi Savo tarixiy provinsiyasida yaratilgan mazkur pirog 2002-yildan buyon Yevropa Ittifoqida geografik koʻrsatkich himoyasiga ega.

Kalakukko uchun tayyorlangan baliqli qiyma javdar uni, suv va tuz qoʻshilb qorilgan xamir ustiga yoyiladi. Qavat-qavat qilib bekon boʻlaklari teriladi. Hamma tomoni xamir bilan yopilib, pirog yumaloq shaklga keltiriladi. Bir necha soat davomida pishiriladi. Dasturxonga tortishdan oldin, kalakukko pichoq bilan spiral shaklida ochiladi va ichidagi qiyma porsiyalangan likoplarga solinadi. Ovqat javdar pirogining qotgan chetlari bilan birga isteʼmol qilinadi, xuddi non kabi.

1953-yilgi Finlandiya kinokomediyasida poytaxt shahar Xelsinkini Shimoliy Savodagi Kuopio porti bilan bogʻlaydigan tezyurar poezdga „Uchayotgan Kalakukko“nomi berilgan edi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz