Kalabriya migrantlar kemasi halokati (2023)
2023-yilning 26-fevralida hujjatsiz muhojirlarni olib ketayotgan qayiq og‘ir ob-havo sharoitida Italiya janubidagi Kalabriya mintaqasi Crotone kommunasining dengiz bo‘yidagi kurort qishlog‘i Steccato di Cutro sohilida toʻxtashda urinish davomida cho‘kib ketdi. Qayiq cho‘kib ketganida 143 dan 200 nafargacha muhojir bo‘lib, ulardan kamida 63 nafari halok bo‘lgan. Halok boʻlganlarning 12 nafari bola, shu jumladan bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloq ham bor. Sakson bir kishi qutqarilgan.
Voqea tarixi
Xalqaro Migratsiya Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2014-yildan beri Markaziy Oʻrtayer dengizi yoʻlida 20 000 dan ortiq odam halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan. Markaziy Oʻrta yer dengizi deb ataladigan yoʻl xavfli boʻlishiga qaramay, eng faol migratsion yoʻnalishlardan biri boʻlib, ushbu yoʻl Italiyani muhojirlar uchun eng mashhur mamlakatlardan biriga aylantirdi. Muhojirlarning koʻpchiligi boy shimoliy Yevropa mamlakatlariga tomon borishda davom etmoqda.
Mazmuni
2023-yil 26-fevralda bir kun avval Turkiyaning Izmir shahridan jo‘nab, muhojirlarni Markaziy O‘rtayer dengizi yo‘nalishi bo‘ylab olib ketayotgan qayiq Italiyaning Krotone shahri janubiy qirg‘og‘ida cho‘kib ketdi.
Qayiq qirgʻoqda toʻxtashga urinayotgandagi yomon ob-havo sharoiti natijasida toshlarga urilib, choʻkib ketgan. Voqea aks etgan videotasvirlarda qayiq yog‘ochlarining bo‘laklarga bo‘linib, sohil bo‘ylab suzib yurganini ko‘rish mumkin. Qayiq korpusi qismlari dengiz qirg‘og‘ida cho‘kib ketayotgani ham ko‘rinadi. Rasmiylardan birining aytishicha, qayiq vayronalari sohil bo‘ylab 300 metrgacha sochilib ketgan.
Qurbonlar
Italiyaning Adnkronos axborot agentligiga koʻra, qayiq choʻkib ketganda bortida 100 dan ortiq odam boʻlib, ular Eron, Pokiston va Afgʻonistondan boʻlgan. Boshqa mahalliy agentliklar Iroq, Suriya va Somalidan kelgan muhojirlar ham borligini taʼkidladi. Anadolu agentligining bildirishicha, qayiqda „200 ga yaqin odam“ boʻlgan. Tirik qolganlar esa odamlar soni 150 dan 240 gacha boʻlganini ayitshgan.
Cho‘kish oqibatida kamida 63 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Qurbonlar orasida bir yoshga to‘lmagan chaqaloq ham bor. Sakson bir kishi qutqarilgan. Pokistonning Rimdagi elchixonasi 28 nafar pokistonlik jasadi topilganini maʼlum qildi.
Omon qolganlarning aksariyati afgʻonlar, pokistonliklar va somaliliklar edi. Omon qolganlardan biri odam savdosida ayblanib hibsga olingan.
Qutqaruv operatsiyalari
Qutqaruv ishlariga yordam berish uchun motorli qayiqlar, kemalar va vertolyot safarbar etilgan. Reaktiv holatlarda o‘t o‘chiruvchilar ham safarbar etilgan, biroq og‘ir ob-havo sharoiti operatsiya jarayonlarini murakkablashtirgan.
Reaksiyalar
Mahalliy
Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni „odam savdogarlari koʻplab insonlar hayotini buzganidan chuqur qaygʻusini“ bildirdi va muhojirlar hayotini yolgʻon chipta „narxi“ ga „almashtirish“ni qoralab, xavfsiz sayohat qilish istiqbollarini koʻrish"ga chaqirdi.
Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosi muhojirlarga Yevropada „yaxshiroq hayotning xayolini“ taqdim etayotgan dengiz oʻtish joylarini yopish muhimligini taʼkidladi. Kutro shahri meri Antonio Seraso „hayotingizda hech qachon koʻrishni xohlamaydigan tomoshani koʻrishgan“ini aytib, ushbu voqea butun umr eslarida qolishini taʼkidladi.
Xalqaro
Rim papasi Frensis Pyotr maydonida yakshanba kuni qilgan murojaatida „kema halokatida boʻlgan barcha uchun ibodat qilishini“ aytdi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning taʼkidlashicha, kema choʻkib ketganida, unda yigirmadan ortiq Pokiston fuqarolari boʻlgan. Sharifning soʻzlariga koʻra, bu xabarlar „tashvishli va xavotirli“.
Manbalar
uz.wikipedia.org