KAKRA (Acroptilon repens) — Qoqio’tdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 60-100 santimetr. Poyasi sershox, serbarg. Barglari dag’al, nashtarsimon, pastkilarining cheti arra tishli, ba’zan kesik, yuqoridagilari maydaroq, cheti tekis. Gullari pushti, oq, havorang. Urug’i mayda, yoz o’rtalarida gullab, urug’laydi. Toshloq va sho’rxok yerlarda, tog’yon bag’irlarida, yo’l yoqalarida, hamma ekinlar orasida o’sadi, qurg’oqchilikka chidamli. O’rta Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazda ko’p tarqalgan. Kakra xashakka aralashsa (ayniqsa, gullagan vaqtida) mollar zaharlanishi mumkin. Tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Kurash choralari: yerni chuqur haydash, Gerbitsidlar va boshqalar sepish.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish