Kakofoniya




Kakofoniya (yun. kakos — yomon va phone — tovush) — musiqa tovushlarining tartibsiz birikuvi. Odatda, tovushlarning tasodifiy qoʻshilishidan hosil boʻladi. Biroq, musiqiy avangardizm (mas, aleatorika) namoyandalari oʻz asarlarida K. elementlaridan ongli ravishda badiiy maqsadda foydalanishadi (G. Koell, J. Keyj, P. Bulez, Ya. Ksenakis va b.). 20-asrning 70-y.laridan boshlab baʼzi Oʻzbekiston kompozitorlarining teatr va, ayniqsa, kino uchun yozgan musiqalarida ham uchraydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz