Kajal Aggarwal
Kajal Aggarwal (talaffuzi: Kajal Aggarval; 1985-yil 19-iyunda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli boʻlib, u asosan telugu va tamil tillaridagi va bir nechta hind tilidagi filmlarida suratga tushgan. Aggarwal 50 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan va ikkita Janubiy Hindiston xalqaro kino mukofotiga sazovor boʻlgan.
Faoliyati
Aggarval 2004-yilda Bollywoodning Kyun…! Xo Gaya Na filmida aktrisalik debyutini qilgan, unda u kichik yordamchi rolni ijro etgan.
2012-yil boshida Aggarwal telugu Businessman gangster filmida, rejissyor Puri Jagannadh tomonidan Mahesh Babu bilan birga juftlikdagi roli bilan paydo boʻldi. Kajal roli uchun ijobiy sharhlarga toʻlib toshgan va tijorat muvaffaqiyatiga erishgan. Aggarwalning ijrosi cheklangan boʻlsa-da, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.
Kajalning 2022-yildagi birinchi chiqishi Brinda rejissyorligidagi Hey Sinamika boʻlib, filmda Dulker Salmaan va Aditi Rao Hydari ham bor. Film 2022-yil 3-martda chiqqan. Aggarwal rol oʻynagan filmlari ichida Kamol Hassan va Rakul Preet Singh ishtirokidagi India 2 filmi ham bor.
Kajal Darling (2010), Brindavanam (2010), Mr. Perfect (2011), Businessman (2012), Naayak (2013), Baadshah (2013), Govindudu Andarivadele (2014), Temper (2015) kabi telugu filmlarida rol oʻynagan. Kajal shuningdek, Naan Mahaan Alla (2010), Maattrraan (2012), Thuppakki (2012), Jilla (2014), Vivegam (2017) va Mersal (2017) nomli Tamil filmlarida ayol bosh rollarini oʻynagan. Kajal Singham (2011) filmi bilan hind kinosiga qaytadi va film xitga aylanadi, u rol ijro etgan boshqa bir Special 26 (2013) filmi ham kassada muvaffaqiyat qozonadi.
Filmografiyasi
Filmlar
Qoʻshiqchi sifatida
uz.wikipedia.org