Kainit




Kainit (yun. kainos — yangi) — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi KMg(SO4)Cl-3H2O. Mineral oʻta gigroskopik, havoda toʻzuvchi donador va poʻstloqsimon oqish massalardan iborat. Monoklin singoniyali; rangi tarkibidagi qorishmalarga bogʻliq holda turlicha boʻladi — sargʻish, kulrang baʼzan qizil; shishasimon yaltiroq; suvda oson eriydi. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2—2,2 g/sm3. Sulfatli tuz konlarida vujudga keladi, kizeritli, karnallitli, galitli va b. aralashmalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Q.x. oʻgʻitlari uchun, kaliy va magniy tuzlarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz