Kai Havertz




Kai Lukas Havertz (1999-yil 11-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Premier Leaguening „Chelsea“ klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

2016-yilda Bayer Leverkusenning yoshlar akademiyasini tamomlagan Havertz oʻsha yili klubda debyut qilgan. Havertz Bundesligada klubning eng yosh debyutantiga aylandi va keyingi yili oʻzining birinchi golini urganida u liganing eng yosh toʻpurariga aylandi. Shuningdek, u Germaniya chempionatida 100 ta oʻyinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi hisoblanadi.

Havertzning oʻyinlari Yevropaning bir qancha klublarida qiziqish uygʻotdi, „Chelsea“ uni 2020-yilda 84 million yevroga sotib oldi. 2021-yilda Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolangunga qadar „Chelsea“ning ikkinchi eng qimmat transferiga aylandi. „Chelsea“ bilan Havertz 2020-21-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va 2021-yilgi FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Chempionlar ligasi finalida va FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba golini kiritdi va UEFA Superkubogida jamoadoshi Hakim Ziyechning goliga assistentlik qildi.

Germaniya terma jamoasida turli yoshlar toifasida maydonga tushganidan soʻng, Havertz 2018-yil sentyabr oyida oʻzining terma jamoadagi debyutini oʻtkazdi va terma jamoa sharafini himoya qilgan birinchi 1999-yilda tugʻilgan futbolchi boʻldi. U UEFA Yevro-2020da Germaniya jamoasi sharafini himoya qildi.

Yoshlik



Havertz Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Aachen (talaffuzi: Axen) shahrida tugʻilgan. U Alsdorf tumanidagi Mariadorfda oʻsgan. Keyinchalik oila Aachenga koʻchib oʻtdi. Uning otasi politsiyachi, onasi esa advokat.

Klubdagi faoliyat



Bayer Leverkuzen




Havertz 2016-yilning 15-oktyabrida „Bayer“da debyut qildi. Maydonga tushgandan soʻng, u 17 yoshu 126 kunlik edi va shu tariqa tarixidagi eng yosh Bundesliga debyutantiga aylandi, uning rekordini (111 kunga) 2020-yilda Florian Wirtz yangiladi. 2017-yilning 17-fevralida u jamoadoshi Karim Bellarabiga Bundesliga ligasining barcha davrlardagi 50.000-goli muallifi boʻlishiga yordam berdi. Jamoadoshi Hakan Chalhanogʻlu diskvalifikatsiya qilinganidan soʻng, u Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinida Atletiko Madridga magʻlub boʻldi.

Chelsea




2020-21-yilgi mavsum
2020-yil 4-sentabrda Havertz Premer liganing „Chelsea“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 14-sentyabr kuni u „Chelsea“dagi debyutini „Brighton & Hove Albion“ga qarshi liganing birinchi oʻyinida oʻtkazdi. 23-sentabr kuni Havertz faoliyatidagi ilk xet-trikini va „Chelsi“dagi ilk gollarini EFL kubogining uchinchi bosqichida „Barnsley“ga qarshi uyinda (6:0) urdi. Havertz oʻzining Premer ligadagi ilk golini 17-oktyabr kuni „Sautgempton“ga qarshi oʻyinda urdi. 2020-yilning 4-noyabrida Havertzning COVID-19 testi ijobiy o‘tgani maʼlum bo‘ldi.

2021-22-yilgi mavsum
2021-yil 11-avgust kuni Havertz „Chelsea“ bilan UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. 28-avgust kuni u mavsumdagi ilk golini "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (1:1) kiritdi.

2022-yil 12-fevralda Havertz klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalining 117-daqiqasida penaltidan gol urdi.

Terma jamoadagi faoliyat




2018-yilning 29-avgustida Havertz bosh murabbiy Joachim Löw (talaffuzi: Yoaxim Lyov) tomonidan birinchi marta Germaniya terma jamoasiga chaqirildi. U Germaniya terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi va Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun jamoaga jalb etildi. Havertz xalqaro maydondagi debyutini 2018-yilning 9-sentyabrida o‘tkazdi, u Timo Wernerning oʻrniga oʻyining 88-daqiqasida Peruga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin Germaniyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 2021-yil 19-mayda u UEFA Yevro-2020 uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga jalb etildi. 2021-yil 19-iyun kuni u UEFA Yevro-2020da Portugaliyaga qarshi o‘yinda (4:2) 51-daqiqada Germaniyaning uchinchi golini kiritdi. U guruhning so‘nggi o‘yinida Vengriya bilan 2:2 hisobidagi durang o‘yinda gol urdi, buning natijasida uning jamoasi musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Oʻyin uslubi



Havertz texnik jihatdan iqtidorli, ikki oyoqda bemalol zarba bera oladigan yarim himoyachi. Oʻyin uslubi vatandoshi Mesut Oʻzil bilan taqqoslanadi, Havertzning oʻzi esa yarim himoyachilar orasida Oʻzil uning yaxshi koʻradigan futbolchisi ekanligini tan olgan. 19 yoshida Bundesligadagi koʻplab ajoyib oʻyinlaridan soʻng, Havertz Leverkusenning sobiq oʻyinchilari, Michael Ballack va Toni Kroos bilan taqqoslashlar olib borildi.

Yutuqlar



Bayer Leverkusen

Chelsea

Shaxsiy sovrinlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz