Kai Brünker




Kai Daniel Brünker (talaffuzi: Kay Bryunker; 1994-yil 10-iyunda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, 1.FC Magdeburgda hujumchi sifatida ta oʻynaydi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti



Brünker Villingen-Schwenningendan; 2018-yil avgust oyida unga qishlogʻidan bir qancha odamlar Bradford City futbolkalarini sotib olib, oʻyinlarni onlayn tomosha qilishayotganini aytgan.

Faoliyati



Brünker oʻzining dastlabki faoliyatini Germaniyada FC Kappel, SV Zimmern, FC 08 Villingen va SC Freiburg II jamoalarida oʻtkazgan.

2018-yilning yanvar oyida Angliyaning „Bradford City“ klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. Klubga Charlie Wykening zaxira oʻyinchisi sifatida kelgan. 2018-yilning 27-yanvarida klubdagi debyutini oʻtkazdi, oʻz maydonida OFK „Wimbledon“ ga qarshi oʻyinda (4:0) zaxiradan maydonga tushdi. 2018-yilning 13-aprelida ilk asosiy tarkibdagi oʻyinini oʻz uyida „Shrewsbury Town“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi. Oʻsha oyning oxirida Angliyada oʻynashga va yashashga oʻrganib qolganini aytdi. 2018—2019-yilgi mavsum oldidan Michael Collinsning yangi bosh murabbiy etib tayinlanishi tufayli asosiy jamoaga qaytishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

Kai 2018-yil 9-oktabrda EFL Trophy musobaqasida oʻz uyida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Bradford City safidagi birinchi golini kiritdi U buni „maxsus lahza“ deb taʼrifladi.

2019-yilning yanvarida klubni tark etib, Germaniyaga qaytish uchun SG Sonnenhof Großaspach bilan 2020-yil iyunigacha shartnoma imzoladi.

2019—2020-yilgi mavsum oxirida, Sonnenhof Großaspach quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, 1.Magdeburg bilan ikkiyillik shartnoma imzolandi.

Faoliyat statistikasi



1-iyul, 2022-yil

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz