Kag‘nasoy




Kagʻnasoy — Boysun tumanidagi soy. Boysuntogʻning sharqiy yon bagʻridan (1000 m) boshlanib Sherobod daryosidan suv oluvchi Istara kanaliga quyiladi. Uz. 41 km. Havzasi yogʻin kam yogʻadigan qurgʻoqchil qirlarda boʻlganidan K.da., asosan, seryogʻin bahor oylarida suv oqadi. K.ning uz. 73 km boʻlgan 35 ta mayda irmogʻi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz