Kaft




Kaft — qoʻl panjasining ichki va oyoq panjasining pastki (ostki) tomoni; qoʻl K.i yuqoridan bilakning uncha chuqur boʻlmagan koʻndalang egatchasi, pastdan barmoqlar asosi bilan chegaralanib turadi. K. kaft suyaklari, ularni birlashtirgan boylamlardan iborat boʻlib, turli muskullar qoplab olgan. Qon tomir va nervlar bilan taʼminlangan. K. terisida ter bezlari koʻp, lekin yogʻ bezlari yoʻq. Qoʻl kafti mehnat qilishda, oyoqniki esa tik turish va yurishda muhim ahamiyatga ega.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz