Kafolat




Kafolat (fuqarolik huquqida) — 1) mulkiy majburiyatni bajarish, chunonchi qarzni toʻlash usullaridan biri. K. beruvchi oʻzga shaxsning majburiyatini toʻla yoki qisman bajarish masʼuliyatini oʻz zimmasiga olish haqida kreditor bilan yozma shartnoma tuzadi va qarzdor bilan teng javob beradi. U oʻz majburiyatini bajarish uchun qilgan sarflari va koʻrgan zararini qarzdordan undirib olishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 292— 298-moddalar); 2) K. — biror shaxsning murojaatiga koʻra, uning kreditori talab qilgan maʼlum miqdordagi pulni toʻlash haqida bank va b. kredit muassasasi yoki sugʻurta tashkiloti bergan yozma majburiyat. Buning uchun K. beruvchi haq olishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 299—310-moddalar).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz