Kafka




Franz Kafka (talaffuzi: Frans Kafka, 1883, Praga, Avstriya-Vengriya imperiyasi — 1924 Vena, Avstriya) — XX asrning nemis tilida ijod qiluvchi asosiy yozuvchilaridan biri, uning ishlarining koʻp qismi oʻlimidan keyin chop etilgan. Ijodini 1909-yilda hikoyalar yozishdan boshlagan. „Kuzatish“ (1913) hikoyalar toʻplami, „Hukm“, „Goʻloh“ (1913), „Oʻzgarish“ (1916) hikoyalari alohida nashr etilgan. Birinchi jahon urushidan soʻng Kafka „Axloq tuzatish koloniyasida“ (hikoya, 1919), „Qishloq shifokori“ (1919), „Yoʻqsil“ (1924) toʻplamlarini nashr etdi. Kafkani dunyoga mashqur qilgan „Amerika“ (tugallanmagan, 1914), „Jarayon“ (1915), „Qoʻrgʻon“ (1922) romanlari, „Xitoy devori qurilishida“ (1931) va boshqa hikoyalar toʻplami muallifning vafotidan soʻng eʼlon qilingan. Kafka asarlarida voqealarning mubolagʻali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojiaviy ojizligi aks ettirilgan. Ularda qonun va inson, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning iloji topilmaydi. Ijodi 20-asr Gʻarb adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (qarang: Ekspressionizm, Modernizm). „Otamga xat“ (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), „Evrilish“, „Ochlik sanʼati“ va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz