Kaetani Leone




KAETANI (Caetani) Leone (1869.12.9, Rim — 1935.24.12, Vankuver) — italyan islomshunosi. 1891 y. Rim universitetini sharq filol.si ixtisosi boʻyicha tugatgan. Yakin va Oʻrta Sharq mamlakatlari boʻylab koʻp marta safar qilgan. K. ilk islom tarixi boʻyicha asarlar nashr etgan. U islomning kelib chiqishi aholining koʻchishi bilan bogʻliq degan nazariyani ishlab chiqqan, unga koʻra, Arabistondan koʻchmanchi qabilalar tabiiy-geografik sharoitlarning oʻzgarishi tufayli vaqt-vaqti bilan daryo oraligʻi, Palastin, Suriyaga koʻchib borib, u yerlarda shaharlar va davlatlarga asos solishgan. K. islomning paydo boʻlishini Arabiston aholisining ana shu koʻchish harakati oxirgi bosqichi bilan bogʻliq deb hisobladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz