Kadis




Kadis — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyatida, Kadis provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 143,1 ming kishi (1998). Atlantika okeanining Kadis qoʻltigʻidagi port. Kemasozlik, aviatsiya, baliq konservalash, tamaki sanoati korxonalari mavjud. Shaharga mil.av. 9-asrda finikiyaliklar tomonidan Gadir nomi bilan asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Puerta de Tyerra devorlari (17-asr), Santa-Krus sobori (13-asr) saqlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz