Kadetlar




Kadetlar (frans. cadet — kichik soʻzidan) — I) oʻrta asrlarda Fransiya va Prussiyada ofitserlikka erishguncha oddiy askar boʻlib xizmat qiluvchi yosh dvoryanlar; 2) 1917-yilga qadar Rossiya hamda baʼzi chet davlatlarda kadet korpuslari talabalarining unvoni. Buxoro amirligining valiaxdi Olimxon Peterburgdagi Nikolayev kadet (pajlar) korpusida harbiy taʼlim olgan (1893—96). 20-asrning 80-y.larida esa (AQSH, Fransiya va b. davlatlar) harbiy oʻquv yurtlari kursantlarining unvoni boʻlgan. Xoz. paytda Rossiya Federatsiyasida kadet korpuslari qayta tiklandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz