Kader Abdolah
Hossein Sadjadi Ghaemmaghami Farahani (forscha: حسین سجادی قائممقامی فراهانی), (1954-yil, 12-noyabr)
Kader Abdolah (forscha: قادر عبدالله) taxallusi bilan mashhur boʻlgan eron-golland yozuvchisi, shoiri va sharhlovchisi. Uning golland tilida yozilgan kitoblarida koʻpincha fors adabiy mavzulari mavjud.
Hayoti
Kader Abdulloh Qojarlar sulolasi davridagi eronlik siyosatchi, sanʼat va adabiyotda ham oʻz oʻrniga ega Mirzo Abul Qosim Qoim-Maqomning avlodlaridan biridir.
Kader Abdolah uzoq vaqtdan beri yozuvchi boʻlishni orzu qilgan. U oʻzining siyosiy qiziqishlaridan foydalanib, 1979-yildagi islom inqilobidan keyin oʻz faoliyatini siyosiy gazetalarda maqolalar yozish orqali boshlagan.
1980-yillarda u siyosiy cheklovlar tufayli noqonuniy ravishda nashr etilgan ikkita: „Kurds saying?“, „Kurdistan after the resistance party“ ("Kurdlar nima deyapti?" "Qarshilik partiyasidan keyin Kurdiston") romanlarini yozdi.
Faoliyati
Kader Abdolah Eronning Arok shahridagi Arok ilm-fan kollejida (hozirgi Arak universiteti) fizika boʻyicha tahsil olib, 1977-yilda bitirgan. Oʻqishni tamomlagach, u Bandar-Pahlaviyda (hozirgi Bandar-i-Anzaliy) Eron dengiz flotida majburiy harbiy xizmatni oʻtagan. Inqilob paytida u Shoh va keyinroq Xomeyniy hukumatiga qarshi chiqqan siyosiy harakatlarga qoʻshildi. U 1988-yilda siyosiy qochqin sifatida Gollandiyaga qochib ketadi. 2006-yilda u Leyden universitetida yozuvchi sifatida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda u Delftda yashaydi, oʻz asarlarini ikki qatl etilgan doʻstlarining ismlaridan tashkil topgan taxallus ostida yozadi.
Abdullohning Het huis van de moskee (Masjid uyi) asari Gollandiya bestsellerlari roʻyxatiga kiritildi. 2007- yilda u NRC Handelsblad va NPS tomonidan oʻtkazilgan onlayn soʻrovnomada Gollandiyadagi eng yaxshi ikkinchi golland romani deb topildi. Ingliz tilidagi tarjimasi 2010-yil yanvar oyida butun dunyo boʻylab chop etildi.
Asarlar/nashrlar
Manbalar
uz.wikipedia.org