Kadena, Okinava
Kadena (yaponcha: 嘉手納町 Kadena-chō?, Okinawan: Kadina) Yaponiyaning Okinava Prefekturasidagi Nakagami tumanida joylashgan shaharcha.
2016-yil, oktabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 13,671 kishini va zichligi 1 km² ga 910 kishini tashkil qiladi. Umumiy maydoni 15.04 kv/km (5.81 sq mi). Shaharning taxminan 85 foizi AQSh hukumati tomonidan nazorat qilinadi, shu jumladan Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlaridagi ikkinchi yirik baza boʻlgan Kadena aviabazasi ham.
Geografiyasi
Kadena gʻarbda Sharqiy Xitoy dengiziga qaragan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Kadena Okinava prefekturasining yana uchta munitsipaliteti bilan chegaradosh.
Tarixi
Kadena hududida, Okinava orolida qobiqli tepaliklar koʻrinishidagi eng qadimgi turar-joy qoldiqlari mavjud. Hozirda Yomitan va Kadena oʻrtasidagi chegara hisoblangan Hija daryosi atrofi ilk aholi punktlari boʻlgan deb hisoblanadi. Mintaqada bir qancha kichik gusuku xarobalari (qasrlar va qal’alar) topilgan. Amavari, mashhur sarkarda, Kadena Chatanning bir qismi boʻlgan vaqtda Kadena hududida tugʻilgan. 1879-yilda Yaponiya Okinava orolini anneksiya qildi va 1908-yilda Chatan qishloqqa aylandi. Tinch okeani urushi vaqtida Yaponiya Kadena hududida uchish yoʻlagi qurgan. 1945-yilda Okinava jangi paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari Hija daryosi qirgʻogʻiga qoʻngan va oʻsha uchish-qoʻnish yoʻlagini egallagan va u Kadena havo kuchlari bazasiga aylangan. 1948-yil 4-dekabrda Amerika harbiy hukumati Kadenani Chatandan ajratib, Kadena qishlogʻini tashkil etgan. Qoʻshma Shtatlar bazadan tashqarida Kadena doirasini qurgan. 1976-yil 1-yanvarda, Okinava Yaponiya nazoratiga qaytganidan toʻrt yil oʻtgach, Kadena shaharcha maqomiga koʻtarilgan.
Iqtisodiyoti
Asosan Kadena iqtisodiyoti Kadena havo kuchlari bazasi mavjudligiga bogʻliq. Shuningdek, shaharchada oz miqdorda ananas va shakarqamish yetishtiriladi.
Taʼlimi
Munitsipal maktablarga quyidagilar kiradi:
Okinava prefekturasi taʼlim kengashi Okinava Prefekturasi Kadena maktabini [ja] boshqaradi.
DoDEA amerikalik xodimlarning qaramogʻidagilar uchun boʻlgan Kadena AFB maktablarini boshqaradi. Bir nechta maktablar Kadena shahrida boʻlmasa ham.
Manbalar
Tashqi havolalar
Andoza:Okinawa
uz.wikipedia.org