Kacper Przybyłko
Kacper Przybyłko (talaffuzi: Kacper Przybylko; 1993-yil 25-martda Germaniya Federativ Respublikasining Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtati Bielefeld shahrida tugʻilgan) — polsha millatiga mansub futbolchi, „Chicago Fire“ klubida hujumchi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati
Kacper Przybyłko „Arminia Bielefeld“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan. 2011—2012-yilgi mavsumda uni „Arminia Bielefeld II“ futbol klubi oʻz oʻyinlariga jalb qila boshlagan. Kacper Przybyłko Germaniyaning beshinchi divizioni Ner-V-liganing 13 oʻyinida 15 ta gol urgan. Kacper Przybyłko „Arminia Bielefeld“ning birinchi jamoasi uchun uchinchi ligada 2011-yil 1-oktabrda „Heidenheim“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
2014-yil 27-may kuni Kacper Przybyłko „Greuther Fürth“ klubiga qoʻshilgan va 2017-yilgacha uch yillik shartnoma imzolagan. Kacper Przybyłko 2014-yil 2-avgustda 2014—2015-yilgi mavsumning ochilish raundida „Bochum“ga qarshi oʻyinda „Greuther Fürth“ safida debyut qilgan.
2018-yilning yozida shartnoma muddati tugashi sababli „Kaiserslautern“ futbol klubini tark etgach, unga „Erzgebirge Aue“, Angliyaning „Sunderland“ va „Magdeburg“ klublari qiziqish bildirgan.
Xalqaro faoliyati
Kacper Przybyłko Polshaning 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga oʻtib, Polsha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
Kacper Przybyłko Bielefeldda polshalik sportchilar oilasida tugʻilgan. Otasi Mariushning oʻzi futbol oʻynagan. Uning onasi Violetta yengil atletika bilan shugʻullangan. Uning egizak akasi Yoqub ham futbolchi boʻlgan. Uning katta akasi Mateush balandlikka sakrash boʻyicha xalqaro musobaqalarda Germaniya sharafini himoya qiladigan sportchi hisoblangan.
2020-yilning 1-aprelida COVID-19 pandemiyasi sababli MLS mavsumi toʻxtatilgandan soʻng, Philadelphia Union klubning birinchi futbolchisi koronavirusga chalinganligi eʼlon qilingan. 13-may kuni Kacper Przybyłko ijtimoiy tarmoqlarda oʻzi haqida gapirib, kasallikdan butunlay tuzalib ketganini maʼlum qilgan.
Jamoalari
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org