KACHINSKIY LEX
KACHINSKIY LEX (1949.18.6, Varshava) — Polsha davlat arbobi. Yuridik fanlari doktori. Varshava universitetini tugatgan (1971). Gdansk universiteti ilmiy xodimi (1971-90), “mehnatkashlarni himoya qilish qo’mitasi” yashirin tashkiloti faoli (1977-80). Gdansk kemasozlik zavodi ish tashlash qo’mitasida maslahatchi (1980-81), “birdamlik” kasaba ittifoqi harakati faoli (1982— 90), uning huzuridagi “fuqarolik qo’mitasi” a’zosi (1988-89), Polsha parlamenti yuqori palatasi — Senat a’zosi (1989-91), “birdamlik” kasaba Ittifoqi raisining birinchi o’rinbosari (1990-91), Polsha parlamenti quyi palatasi — Seym deputati (1991 — 95), Polsha Respublikasi prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik byurosi direktori (1991), Polsha oliy lazorat palatasi direktori (1992-95), “Markaziy kelishuv” partiyasi raisi (1995— 2000), Polsha Adliya vaziri — bosh prokurori (2000-2001), “huquq va adolat” partiyasining faxriy raisi (2001 yildan), Varshava shahri meri (2002-2005). 2005 yil 23 oktabrda Polsha Respublikasi prezidenti etib saylangan. 2005 yil 23 dekabrdan rasman Polsha Respublikasi prezidenti.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz