Kaarlo Castrén




Kaarlo Castrén (1860-yil 28-fevral — 1938-yil 19-noyabr) — Finlandiya siyosatchisi va Bosh vaziri edi. U Milliy taraqqiyot partiyasi vakili boʻlgan.

Castren Turtola shahrida tugʻilgan boʻlib, 1887-yilda huquq sohasida bakalavr diplomini olgan. 1888-yildan 1892-yilgacha Finlandiya Senatining moliya boʻlimida va1888-yildan 1898-yilgacha esa Castrén & Snellman advokatlik idorasida faoliyat olib borgan.

1892-yildan 1904-yilgacha Kastren oʻz faoliyatini Kansallis-Osake-Pankki bankida boshqaruv aʼzosi sifatida olib boradi. Shuningdek, u 1894 hamda 1905—1906-yillarda davlat boshqaruvi majlislarida ham ishtirok etgan.1908-yildan 1909-yilgacha esa senator lavozimida ishlaganidan soʻng, Kastren advokatlik idorasiga asos soladi.1916-yilda Kansallis-Osake-Pankki direktori etib saylandi.

1918-yil noyabr oyida Kastren moliya vaziri etib tayinlanadi. 1919-yil 17-apreldan 15-avgust sanasigacha esa Finlandiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Uning hukumati Finlandiyada respublika boshqaruv shaklini taklif qildi va taklif qabul qilingach, hukumat tarqaldi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz