Kaan Ayhan
Kaan Ayhan (1994-yil 10-noyabrda tug'ilgan) — professional futbolchi, yarim himoyachi yoki markaziy himoyachi, shuningdek, A Seriyaning Sassuolo klubida o'ng qanot himoyachisi. Germaniyada tug'ilgan, Turkiya terma jamoasi vakili.
Jamoalardagi faoliyati
Schalke 04
Ayhan to'rt yoshida Schalke 04 yoshlar akademiyasiga qo'shilgan. 2012-yilning 18-yanvarida u Schalke 04 bilan 2015-yilning 30-iyuniga qadar davom etadigan professional shartnoma imzoladi. Ayhanga 24-raqamli futbolka berildi. Ayxan 2013-yilning 5-oktyabr kuni Augsburg ga qarshi oʻyinda 4–1 hisobida gʻalaba qozongan o'yinda Adam Szalayi oʻrniga maydonga tushgan. 2014-yil 3-may kuni Ayxan SC Freiburgga qarshi 2–0 hisobidagi g'alabali oʻyinning 13-daqiqasida Bundesligadagi ilk golini urdi.
2016-yilning yanvarida Ayhan Schalkedan mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijara asosida Ayntraxtga o'tdi. Frankfurt uni doimiy ravishda imzolash imkoniyatini qo'lga kiritdi, biroq, belgilangan transfer narxi juda yuqori ekanligi uchun doimiy imzolash mumkin bo'lmaganini xabar qilindi.
Fortuna Dusseldorf
2016-yil 31-avgustda Ayhan 17 yillik faoliyatidan so'ng Schalke 04ni tark etib, 2. Bundesliga vakili Fortuna Dusseldorf safiga qo'shildi.
2017-yilning 13-mayida Ayhan 1-oʻyinda FC Nyurnberg ustidan 3–2 hisobida gʻalaba qozonib, o'yindagi uchinchi golni kiritdi va Fortuna Dyusseldorf 2017–18-yilgi 2. Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Germaniyalik turk Ayhan Germaniya va Turkiya o'smirlar terma jamoalarida to'p surgan. 2013-yil oktyabr oyida Ayxan Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tanlandi. U murabbiy Fatih Terim tomonidan 2016-yilning 31-avgust kuni Turkiya terma jamoasining Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va undan soʻng JCh—2018 saralashida Xorvatiyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan edi. Kaan Ayhan 2016-yilning 31-avgust kuni Turkiya terma jamoasida Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
Shaxsiy hayot
2021-yilda u testdan o'tkazilib COVID-19ga chalinganligi aniqlandi.
Karyera statistikasi
Klub
match played 18 March 2022
Xalqaro gollar
Gol va natijalar birinchi bo'lib Turkiyaning gollari ro'yxatini ko'rsatadi.[17]
Yutuqlar
Fortuna Dusseldorf
Germaniya U17 Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org