K. Megan McArthur
Megan McArthur (talaffuzi: Megan Makartur 1971-yil 30-avgustda tugʻilgan) — amerikalik okeanograf, muhandis va NASA astronavti. U Space Shuttle va Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) kapsula aloqachisi (CAPCOM) bo'lib ishlagan. Megan MakArtur Crew Dragon Endeavourda bitta kosmik kema, STS-125 va bitta SpaceX Crew-2 missiyasini bajardi. MakArtur Shuttle Avionika Laboratoriyasida (SAIL) ishlagan. U hamkasbi astronavt Robert L. Behnkenga turmushga chiqqan.
Yoshlik
MakArtur Gavayi orollarining Gonolulu shahrida tug'ilgan. U Kaliforniyada o'sib ulg'aygan. U dastavval London markaziy o'rta maktabida o'qigan. Keyinchalik Kaliforniyaning Mauntin shahridagi Sent-Frensisk o'rta maktabini tamomlagan. U 1993-yilda Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetida aerokosmik muhandislik bo'yicha bakalavr darajasini olgan. 2002-yilda Kaliforniya universiteti qoshidagi Skripps okeanografiya institutida, okeanografiya bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
Okeanografiya faoliyati
Skripps Okeanografiya Institutida MakArtur suv osti akustik tarqalishi, ya'ni raqamli signallarni qayta ishlash bo'yicha bir qancha tadqiqotlar olib bordi. Uning tadqiqotlari genetik algoritmni inversiya qilish va geoakustik modellarni aniqlashga qaratilgan. U dengizda ma'lumotlarni yig'ish operatsiyalari paytida bosh olim bo'lib ishlagan. Shuningdek dengiz tubida asboblarni joylashtirish, cho'kindi namunalarini yig'ish operatsiyalarini rejalashtirgan va boshqargan. Scrippsda u suvda asboblarni sinovdan o'tkazish, joylashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va qayta tiklash, shuningdek, dengiz o'simliklari, hayvonlari va cho'kindilarni yig'ishda ishtirok etgan.
NASA faoliyati
MakArtur 2000-yil iyul oyida NASA tomonidan missiya boʻyicha mutaxassis sifatida tanlangan. U 2000-yil avgust oyida oʻqish uchun yo'llandi. MakArtur Ikki yillik o'qitish va baholashni tugatgandan so'ng, Shuttle Avionika Integratsiya Laboratoriyasida (SAIL) shattl tizimlari bo'yicha texnik masalalar bilan shug'ullanadigan bo'limiga ishga kirdi. Keyin MakArtur Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) olti oylik missiyasi davomida Ekspeditsiya 9 ekipaji uchun qo'llab-quvvatlovchi astronavt sifatida xizmat qildi. U, shuningdek, Koinot stansiyasi va Kosmik kemalar missiyasini boshqarish markazlarida kapsula aloqachisi (CAPCOM) sifatida ishlagan. 2006-yilda MakArtur STS-116 uchun CAPCOM edi. U, shuningdek, 2007-yilda STS-117 missiyasi uchun EVA capcomi bo'lgan.
STS-125
2009-yilda Megan MakArtur Hubble kosmik teleskopiga xizmat ko'rsatish bo'yicha STS-125 missiyasining a'zosi etib tayinlandi. MakArtur ko'tarilish va kirish bo'yicha parvoz muhandisi va missiya uchun robototexnika ekipajining yetakchi a'zosi hisoblangan. Bu missiya MakArturning koinotga birinchi sayohati edi.
2019-yilda MakArtur Astronavtlar idorasi boshlig'ining o'rinbosari etib tayinlandi.
Ekspeditsiya 65/66
Ekipaj-2 2021-yil aprel oyida ishga tushirildi va XKSga tutashdi. Ular 6 oylik missiyasini boshladi. Ekipaj 2021-yil noyabr oyida Meksika ko‘rfaziga qo'ndi.
Shaxsiy hayot
MakArtur hamkasbi astronavt Bob Benkenga turmushga chiqqan va ularning Teodor Benken ismli bir o'g'li bor.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org