K (kirill)




K — oʻzbek kirill alifbosining oʻn ikkinchi harfi. Yaqin til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh tovushi. Soʻz boshi (koʻl, koʻz), oʻrtasi (tulki, ukki) va oxiri (tilak, bilak)da kelishi mumkin. Baʼzi soʻzlar oxirida kelib, egalik qoʻshimchasi olganda jaranglilashadi va g tovushiga aylanadi (yurak+im — yuragim; tilak+i — tilagi). Shahar shevalarida, baʼzi hollarda, k tovushi y talaffuz etiladi (yurak — yuray, etak — etay), oʻgʻuz guruhiga oid shevalarda soʻz boshida jaranglilashib g tovushini beradi (kel — gel, koʻrdim— goʻrdim). Unlilar orasida juft xolda ham (mas, ikki) kelishi mumkin. Avesto, Urxun-Yenisey, sugʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, shuningdek, arab, lotin alifbosi asosidagi yozuvda oʻziga xos koʻrinishga ega. Bular jadvalda keltirildi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz