Język kirgiski
Qirgʻiz tili (кыргыз тили, قىرعىز تئلى) Qirgʻizistonda davlat tili, turkiy til (qipchoq tili guruhiga mansub). Qirgʻiz tilida 5 million kishi muloqot qiladi, koʻpchiligi Qirg'iziston hududida istiqomat qiladigan etnik qirgʻizlardir.
Qirgʻiz tili — turkiy tillarning qirgʻiz-qipchoq guruhiga mansub tillardan, Qirgʻiziston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qirgʻi-zistonda, shuningdek. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Xitoy, Afgʻoniston, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va boshqa Hududlarda tarqalgan. Qirgʻiz tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2,5 mln. kishidan, Qirgʻizistonning oʻzida 2 mln. 330 ming kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qirgʻiz tili 2 ta: shim. va jan. lahja guruhlariga boʻlinib, bu lahjalar, asosan, fonetika va leksika sohalarida oʻzaro farqlanadi; ayni jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan ham ajralib turadi. Janubiy lahjaga oʻzbek tilining taʼsiri kuchli.
Ql.ning fonetik xususiyatlari: 8 ta qisqa unli fonemaga qarama-qarshi 8 ta choʻziq unlining mavjudligi, singarmonizmning izchil saqlanishi. soʻz boshida j (jon soʻzidagi) undoshining (boshqa turkiy tillardi y yoki j) qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilari boshqa turkiy tillardagiga oʻxshash. Singarmonizm mavjudligi tufayli affikslarning fonetik variantlari koʻp. Qirgʻiz adabiy tili shim. lahja asosida shakllangan boʻlib, uning leksikasida sof qirgʻizcha va turkiy soʻzlar qatlamidan tashqari moʻgʻul, rus, arab va eroniy tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham mavjud.
Qirgʻiz milliy yozuvi dastlab, 1924-yilda arab alifbosi asosida, 1926-yildan lotin grafikasi asosida yaratilgan; 1940-yildan esa rus grafikasi asosidagi qirgʻiz yozuvi joriy etilgan.
Ad. Yunusaliyev B. M., Kirgizskaya leksikologiya, Frunze, 1959; Batmanov I.A., Sovremenniy kirgizskiy yazik, vip. 1, Frunze, 1963; Baskakov N. A.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Kirgizsko-russkiy slovar (sost. K.K.Yudaxin), M„ 1965.
Qirgʻiz tili 1924—1927-yillarda arab alifbosida asosida yozilgan. 1927—1941-yillarda esa lotin alifbosiga asoslangan. 1935-yillarda qirgʻiz tilining alifbosini kirill alifbosiga oʻtkazish haqida birmuncha muzokarakar boʻlgan va 1941 yidan kirill alifbosiga oʻtgan.
Tarixi
Alifbosi
Qirg'iz alifbosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'rhun Enasoy alifbosi
Yoqut, qirgʻiz va hozirgi zamon turk tilidagi soʻzlarning oʻxshashligi
Kelishiklar
Qirgʻiz tilida 6 ta kelishik bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org