Język inguski
Ingush tili — jgushlar tili. Iber-kavkaz tillarinit nax guruhiga mansub. Bu tilda soʻzlashuvchilarning asosiy qismi Ingushiya Respublikasida istiqomat qiladi. Ingush tili chechen tilita yaqin turadi, unda taxminan 237 ming kishi soʻzlashadi (1992). Adabiy til Ingushi-yaning tekislik qismida yashovchi aholining soʻzlashuv tili asosida shakllangan. Ingush tilida portlovchi, boʻgʻizda hosil boʻladigan undosh va unli tovushlar koʻp. Grammatik qurilishi oʻziga xos boʻlib, grammatik sinflar (6 ta), ergativ tuzilmalar bor, shaxslar boʻyicha tuslanish yoʻq. Koʻp kelishikli turlanish mavjud. Feʼllar zamonda, mayl, sonda oʻzgaradi. Ingush tili lugʻat tarkibida arab, turkiy, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. 20-asr boshlarigacha yozuv boʻlmagan, hoz. yozuvi kirill alifbosi asosida.
Ingʻush tili — ingʻush xalqining tili.
Iberiy-kavkaz tillarining nax-dogʻiston guruhiga kiradi. Chechen tiliga juda yaqin. Adabiy tili xalqning soʻzlash tili asosiga shakllangan. Ingʻush tilining alifbosi avvallarilotin alifbosi asosida (1920 — 38), keyin (1938-yildan) kirill alifbosi asosida tashkil topgan. Hozirgi ingʻush tili alifbosida 46-ta harf bor. 10-turli kelishik qoʻshimchalari bor. Lugʻat tarkibida rus, arab, fors, turkiy tillaridan kirgan juda koʻp soʻzlar kirgan. Grammatik tuzulishi ergativ konstruksiyali.
Manbalar
uz.wikipedia.org