Jyvaskyla




Jyvaskyla  — Finlandiyada joylashgan viloyat markazi. Shahar Päijänne koʻlining shimoliy qirgʻogʻida joylashgan. Maydoni 1,466,35 km² , shahar aholisi 2017- yil 31-avgust holatiga koʻra 139 260 kishi.

Jyväskyläda Finlandiya havo kuchlarining bosh qarorgohi joylashgan boʻlib, bu joy Tikkakoski deb ataladi. Shahar shuningdek, Jyväskylä sanʼat festivaliga mezbonlik qiladi.

Tarixi



Jyväskylä hududida tosh davriga oid arxeologik topilmalar mavjud. Mavjud boʻlgan eng qadimgi soliq hujjatlariga (maakirja) koʻra, 1539-yilda bu hududda yettita manzilgoh topilgan.

Jyväskylä shahri 1837-yil 22-martda podsho Nikolay I buyrugʻi bilan tashkil etilgan.1850-1860-yillarda maktablarning tashkil etilishi, Jyväskylaning keyingi rivojlanishidagi eng muhim qadam boʻldi.

20-asr boshlarida shahar bir necha bor kengaytirildi. Bugungi Jyväskylä davomiy urushlardan soʻng, Kareliya va mamlakatning boshqa qismlaridan qochqinlarning shaharga koʻchirilishi sababli uy-joyga boʻlgan ehtiyoj natijasida qurilgan. Jyväskylä 2000-yillar mobaynida tez oʻsishda davom etdi .

Taʼlim



Jyväskylä anʼanaviy taʼlim markazi sifatida tanilgan. Finlandiya milliy dostoni Kalevalaning tuzuvchisi Elias Lyonnrot, taʼlim markazi sifatidagi katta roli uchun shaharga „Finlandiya Afinasi“ laqabini berdi . Jyväskylä universiteti Finlandiyaning eng mashhur universitetlaridan biridir. Bundan tashqari, shaharda JAMK Amaliy Fanlar Universiteti va HUMAK Amaliy Fanlar Universiteti ham joylashgan.

Sport



Jyväskylä, Jahon Ralli Chempionatining bir qismi boʻlgan Finlandiya Neste Oil Rally uchun mezbon vazifasini oʻtamoqda. Shaharda, shuningdek, Ligada oʻynaydigan JYP Jyväskylä nomli xokkey jamoasi va Veikkausliigada oʻynaydigan Jyväskylän Jalkapalloklubi nomli futbol jamoasi mavjud.

Transport



Shaharga Jyväskylä temir yoʻl vokzali va 19 km shimolda joylashgan Tikkakoskida qurilgan Jyväskylä aeroporti xizmat koʻrsatadi.

Qardosh shaharlar



Jyväskylä Eurotowns tarmogʻining bir qismi boʻlib, quyidagi shaharlar bilan qardosh shahar shartnomalariga ega. 

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz