Juvontepa qabristoni




Juvontepa qabristoni - qad. qabriston (mil. av. 9—7-asrlar). Qozogʻistonning Olmaota viloyati Chelak daryosining oʻng sohilida, Juvontepa qishlogʻi harobasidan sharqtomonda. 33 mozorqoʻrgʻon oʻrganilgan. Mozorqoʻrgʻonlarning diametri 3 m dan 113m gacha, bal. 0,1 m dan 13 m gacha. Murdalar toʻrtburchak tik oʻramozorlarga boshi sharq, oyogʻi gʻarbga qaratilib koʻmilgan. Ular yonidan sopol idishlar, tosh shishasimon munchoqlar, temir va jez pichoqlar, jez zeb-ziynatlar, suyak taroq, qoʻy suyaklari topilgan. Baʼzi goʻrlarning devoriga yogʻoch qalab, usti ham yogʻoch bilan yopilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz