Juvonmardlik




Movarounnahr shaharlarida X asrdan boshlab yangi ma'naviy-amaliy harakat – javonmardlik (futuvvatchilik) harakati tarqaldi. Javonmardlar asosan oddiy xalq ichidan chiqqan pahlavonlar, qiziqchilar, hunarmandlar, sipohilar va boshqalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birining jamoasi, pir, ustozi bo‘lgan. Oddiy yigit javonmardlik tariqatiga kirish  uchun pirga qo‘l berib, ustozga sidqi dildan ahdu paymon qilib, mardlik belbog‘ini bog‘lamoqligi kerak bo‘lgan. Barcha javonmardlar bir-biriga aka-uka, birodar bo‘lishgan. Beg‘araz yaxshilik qilish, borini o‘zgalar bilan baham ko‘rish, muhtojlarga ѐrdam berish, piru ustozlar nomusini pok tutish,ma'naviy va jismoniy yetuklikka intilish, mard va oliyjanob bo‘lish, mol-dunѐdan insonni ulug‘ tutish – har bir javonmard ana shu fazilatlarni o‘ziga odat qilib olgan edi. Javonmardlik tariqatining tarbiyaviy ta'limiy mohiyati nihoyatda chuqur va ko‘p qirralidir. Masalan, har bir javonmard ko‘zning, quloqning, tilning odoblarini, ularni nimalardan, qanday saqlash kerakligini bilgan: ota-ona, qarindoshlar, do‘stlar, oshnalar, qo‘shnilar, begonalar bilan odob shartlari nechtaligini (masalan, qo‘shnilar bilan muomala-munosabat odobi 14 ta) bilib, amal qilishi kerak bo‘lgan.

Javonmardlarga yo‘lda yurish, kiyim kiyish, salom berish va salomga javob berish, ta'ziyaga borish odoblari, kasb-hunar va savdo-tijorat odobi, maddohlik, g‘azalxonlik, dorifurushlik, kurash tushish, hammollik, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik, qilichbozlik, qassoblik kabi kasblarning xususiyatlari, bu kasblar egalari amal qilishi shart bo‘lgan amallar barcha tafsilotlari bilan uqtirilgan.   [1]

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz