Juvayn




Juvayn — Xurosondagi Nishopur bilan Bistom sh.lari oraligʻida joylashgan qad. nohiya. Jan.da Bayxaq,shim.da Jojarm nohiyalari bilan chegaradosh. Markazi Ozodvor sh. Yoqut Hamaviy J.da 189 qishloq boʻlib, ular bir-biriga juda yaqin ekanligini yozadi. Mashhur faqih, muhaddis, mufassir va muarrixlardan Abulmaʼoliy Ziyovuddin Abdulmalik ibn Abdulloh Juvayniy, Xoja Shamsuddin Muhammad ibn Muhammad Juvayniy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Bahouddin Muhammad Juvayniy va b. J.da yashab ijod etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz