Justin Johnson (footballer)




Justin Addo Johnson (talaffuzi: Justin Jonson) (1996-yil 27-avgustda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi. Justin Johnson „Chorley“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Justin Johnson faoliyati davomida Shotlandiyaning " „Dundee United“ va „Hamilton Academical“, Angliyaning „ York City“ va Kiprning „Othellos Athienou“ va „Akritas Chlorakas“ futbol klublarida oʻynagan.

Yoshligi



Justin Johnson Janubiy Gollandiyaning Hague shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini „Sparta Rotterdam“ futbol klubi jamoasida yosh futbolchi sifatida boshlagan. Angliyaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Justin Johnson „Manchester United“ klubining akademiyasiga qoʻshildi. Justin Johnson u yerdan „Manchester United“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshildi.

Faoliyati



Justin Johnson 2015-yil mart oyida havaskor oʻyinchi sifatida „Dundee United“ futbol klubining yoshlar guruhiga qoʻshildi. Justin Johnson 2015-yilning may oyida klub bilan uch yillik professional shartnoma imzoladi.

2016-yil 1-sentyabrda Justin Johnson 2016—2017-yilgi mavsumning qolgan qismida McNamara tomonidan boshqariladigan Milliy liganing „York City“ futbol klubiga ijaraga berildi. 2017-yilning 31-yanvarida Justin Johnsonning „York City“ klubidagi ijarasi va „Dundee United“ futbol klubi bilan shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.

Justin Johnson 2017—2018-yilgi mavsumda Kipr Ikkinchi divizioni vakili „Othellos Athienou“ futbol klubi qoʻshildi. Keyingi mavsumda Justin Johnson „Akritas Chlorakas“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi.

2020-yil 4-avgust kuni Justin Johnson Shotlandiya futboliga qaytdi va Premer-liganing „Hamilton Academical“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2021-yil fevral oyi oxirida Justin Johnson Shotlandiya chempionati vakili „Greenock Morton“ futbol klubi bilan 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Justin Johnson „Morton“ klubini 2021-yilning iyun oyida shartnomasi muddati tugagach tark etdi.

Justin Johnson 2022-yil iyul oyida mavsumoldi oʻyinlarida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng Milliy liganing "Chorley " futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz