Justin Bieber: Never Say Never




Justin Bieber: Never Say Never (tarjimasi „Justin Bieber: Hech qachon hech qachon dema“) kanadalik qoʻshiqchi Justin Bieber haqidagi filmdir. Film premyerasi 2011-yil 11-fevralda AQSh va Kanadada boʻlib oʻtgan. Film kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. Umumjahon boʻylab $99 million daromad qilgan. Film sikveli boʻlmish Justin Bieber's Believe 2013-yilning 25-dekabrida chiqarilgan.

Mazmuni



Film kanadalik estrada xonandasi Justin Bieberga bagʻishlangan. Film uning Madison Square Gardendagi kontsertidan 10 kun oldingi hayoti haqida hikoya qiladi. Ushbu kontsert uchun chiptalar 2010-yil 31-avgustda sotuvga chiqarilib, atigi 22 daqiqa ichida barcha chiptalar sotib boʻlingan va bu uning oʻsha paytdagi faoliyatidagi eng katta voqeaga aylanadi.

Filmda Justinning oʻzi bilan intervyu boʻlmasa-da, uning atrofidagi odamlarning hikoyalari mavjud.Filmda, shuningdek,Justinning Kanadaga gastrol safarida tugʻilgan shahriga tashrif buyurishi tasvirlangan.Oʻsha paytda u eski doʻstlari bilan taʼtilda boʻlganida ovozini buzgan va uni Sirakuzadagi kontsertni keyinga qoldirishga majbur qilgan. Madison Square Gardendagi kontsertidan oldin u ovozi biroz yaxshilanishi uchun bir necha kun hech kim bilan gaplasha olmadi

Filmda, shuningdek, Justinning bolaligidan sahnalar va eski videolar ham mavjud.

Rollarda




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz