Just One Last Dance




Just One Last Dance “ (tarjimasi „Bittagina soʻnggi raqs“) — nemis xonandasi Sarah Connor oʻsha paytdagi turmush oʻrtogʻi Marc Terenzi tuzgan „Natural“ guruhi bilan ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq Connorning 2003-yil chiqarilgan „Key to My Soul“ nomli studiyaviy albomiga kiritilgan. „Just One Last Dance“ 2004-yilning 1-martida „X-Cell Records“ leyblida albomning ikkinchi va yakuniy singli oʻlaroq eʼlon qilingan. Qoʻshiqni Kay Denar hamda Bob Tyger yozgan.

Musiqiy jihatdan „Just One Last Dance“ qoʻshigʻi Connorning „From Sarah with Love“ qoʻshigʻiga oʻxshash: ikkala taronaning ham baytlari va naqoratlari mos ravishda si-minor hamda re-minor tonalligida boʻlib, ikkala qoʻshiq avjida ham tonallik fa-diyez minorga oʻzgaradi. Lirik jihatdan qoʻshiqda ikki sevishgan ajralishidan oldin ispan kafesida uchrashib, soʻnggi marta raqsga tushishi haqida soʻz boradi.

Markaziy Yevropada „Just One Last Dance“ qoʻshigʻining bozori chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq Germaniyaning Media Control Charts xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan va Connorning eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan uchinchi qoʻshigʻiga aylangan. Qoʻshiq 2004-yilda Germaniyada eng koʻp sotilgan singllar safidan oʻrin olgan. Shuningdek, „Just One Last Dance“ Avstriya, Chexiya va Shveysariya xit-paradlarida eng yuqori oʻntalikka kirgan.

Qoʻshiq uchun olingan klipga Oliver Sommer rejissorlik qilgan. Klipga „West Side Story“ muzikli asos boʻlgan boʻlib, unda Connor maktab oʻquvchisi rolini oʻynagan. Klipda Connor akasining gʻazabini keltirib, raqib amerika futboli jamoasi oʻyinchisiga (Terenzi oʻynagan) oshiq boʻlib qoladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz