Just Fontaine




Just Fontaine (fransuzcha: Just Fontaine)—fransuz futbolchisi.1933-yil 18-avgustda Marokashning Marrakesh shahrida tugʻilgan,1958-yilda bir jahon chempionatida eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi-13 ta gol.

Justning otasi Normandiyalik fransuz, onasi esa ispan edi.

2013-yilda 80 yoshida Fontaine Faxriy legion ordeni ofitseri boʻldi .

Klubdagi faoliyati



Fontaine oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Marrakeshdagi havaskorlar klubida boshlagan.Keyin kuchliroq „USM Casablanca“ klubiga oʻtgan va u yerda 1950-yildan 1953-yilgacha oʻynagan.Keyingi uch mavsumdan soʻng u Fransiyaga oʻynash uchun ketdi.U „Nissa“ klubi Fontaine bilan birinchi mavsumda Fransiya kubogi, 1956-yilda esa chempionlikni qoʻlga kiritdi.Oʻsha yili u Raymond Kopa oʻrniga „Reyms“ga oʻtdi va olti mavsumda 121 ta gol urdi.Jami Fontaine 200 ta o‘yinda 165 ta gol urdi va to‘rt marta chempion bo‘ldi:1956,1958,1960,1962.

Fontainening Fransiya terma jamoasidagi debyuti 1953-yil 17-dekabrda Lyuksemburgga qarshi oʻyinda (8:0) boʻlib oʻtdi.U oʻsha oʻyinda xet-trik qayd etdi.Milliy terma jamoada oʻynagan yetti yil davomida Fontaine 21 oʻyinda maydonga tushib,30 gol urgan. Terma jamoa uchun so‘nggi o‘yini 1960-yilning 11-dekabrida Bolgariya bilan o‘tkazilgan (3:0).

Fontaine faoliyatini yakunlaganidan keyin 1967-yilda Fransiya terma jamoasida murabbiy sifatida ishlagan.Biroq bor-yo‘g‘i ikkita o‘yin uchun-ikkalasi ham o‘rtoqlik, ham „uch rangli“ning mag‘lubiyati bilan yakunlangan.Fransiyaning bir necha klublari va Marokash terma jamoasini ham boshqargan.

Yutuqlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz