Jurjoniy mahallasi




Jurjoniy mahallasi

Tarixi



Uchtepa tumanidagi mahalla. «Davlatobod»,Abdulla Qodiriy, "Ko'kcha"

"Oqtepa" mahallalari bilan chegaradosh. 1963 y. tashkil topgan.
Mahalla nomi Amir Temur davrida yashab o'tgan yirik mutakallim, faylasuf, shoir va munajjim Abulhasan Ali ibn Muxammad Sayid Sharif Jurjoniy (1339-1413) sharafiga qo'yilgan.
Aholisi 2883 kishi, asosan o'zbeklar (2008). Mahallada O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi arafasida oilaviy poliklinika, sport majmualari va yangi guzar binosi kurib bitkazildi. Ularni ishga tushirish arafasida (2006 y. 22 avg.) Prezident Islom Karimov mahallaga kelgan. Mahalla hududida bir necha oziq-ovqat do'koni, kafe, dorixona, prokat punkti, eshik va rom ishlab chiqarish sexi, tikuvchilik fabrikasi, qandolat sexlari mavjud.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz