Jurica Vranješ
Yurica Vranješ (talaffuzi: Yurisa Vranesh) (1980-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq professional futbolchi. U ham himoyachi, ham markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Faoliyati
Vranješ Xorvatiyaning Osijek shahrida tugʻilgan. U 1997-yildan 1999-yilgacha mahalliy NK Osijek jamoasida oʻynagan. Baʼzi veb-saytlar Vranješ faoliyatini FK Voyvodinada boshlaganini aytishadi, lekin Vranješning oʻzi bu veb-saytlar oʻz statistikasini Voyvodinada oʻynagan boshqa oʻyinchi Mićo Vranješ bilan chalkashtirib yuborishganini aytgan.
Prva HNLda Osijek bilan oʻynaganidan soʻng, u Bayer Leverkuzenga koʻchib oʻtgan va u yerda 2003-yilda VfB Shtutgartga va nihoyat 2005-yilda Werder Bremenga oʻtgunga qadar uch mavsum oʻynagan. 2009-yilning avgustida „Werder“ klubini tark etishi mumkinligini eʼlon qilgan. 2010-yilning 29-yanvarida u „Werder“ni tark etgan va mavsumning qolgan qismida „Gençlerbirligi“ jamoasida iijara shartnomasi asosida oʻynagan.
2011-yil sentabrida Vranješ „Aris Saloniki“ jamosiga qoʻshilgan. U „Olimpiakos“ ga qarshi oʻyinda sariq rangli libosda debyut qilgan. Uning shartnomasi 2012-yilning 10-yanvarida bekor qilingan. 2012-yilning may oyida u Xorvatiyaning HNK Rijeka jamoasiga qoʻshilgan va u yerda 2012-yilning noyabrida klub bilan shartnomasi bekor qilinishidan oldin oltita oʻyin oʻtkazgan.
Xalqaro faoliyati
Vranješ Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 2002 FIFA Jahon chempionatida ikkita oʻyinda ishtirok etgan. Vranješ 1998-yilgi 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Xorvatiya terma jamoasida ham oʻynagan, oʻshanda Xorvatiya uchinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlari
Klub
Osijek - Xorvatiya kubogi : 1999-yil
Bayer Leverkuzen - Bundesliga 2-oʻrin sohibi: 1999—2000 2001—2002
- DFB-Pokal ikkinchi oʻrin sovrindori: 2002-yil
- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 2001—2002
Werder Bremen - Bundesliga ikkinchi oʻrin sohibi: 2005—2006, 2007—2008
- DFB-Pokal : 2009-yil
- DFL-Ligapokal : 2006-yil
- DFL-Superkubogi : 2009-yil
- UEFA kubogi sohibi: 2008—2009
Shaxsiy yutuqlari
- Xorvatiyalik eng yaxshi futbolchi : 1998-yil
Manabalar
uz.wikipedia.org