Jura Baqozoda




Jura Baqozoda (tojikcha: Ҷӯра Бақозода) — sovet va tojik olimi, filolog va adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan xodimi.

Jura Baqozoda 1937-yil 22-sentyabrda Samarqandda tugʻilgan. 1962-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Universitetdagi oʻqishni tamomlagach, Dushanbega koʻchib oʻtdi va Rudakiy nomidagi Dushanbe davlat til va adabiyot institutida oʻqishni davom ettirdi. 1965—1968-yillarda A. M. Gorkiy nomidagi Moskva adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan. Keyinchalik Tojikiston Fanlar akademiyasida ishlagan. 1978—1985-yillarda „Sadoi Sharq“ (Sharq ovozi) oylik jurnali mudiri, 1985—1989-yillarda „Tojik Sovet Ensiklopediyasi“ning bosh ilmiy muharriri boʻlgan. Shuningdek, ushbu jurnalda zamonaviy fors tojik adabiyoti boʻlimi mudiri (1989—2002) boʻlib ishlagan

1989-yildan to vafotigacha Dushanbedagi Tojikiston Milliy universitetida ishlagan. 2012-yil 28-aprelda Dushanbe shahrida 74 yoshida vafot etdi.

Ilmiy faoliyati



Ilk ilmiy-tanqidiy maqolalari 1963-yilda matbuotda paydo boʻlgan. 200 dan ortiq ilmiy-tanqidiy maqolalar, monografiyalar va ilmiy tezislar muallifi. A.P.Chexov hikoyalarini, V.Yakovenkoning "Partizan sherlari" (1987) romanini, turkman yozuvchisi N.Bayramovning “Taqdir yo‘li” (1989) romanini tojik tiliga tarjima qilgan. Baqozoda koʻplab mashhur kitoblar yozgan. „Padidahoi toza“ (1974), „Ustujhöhoi badei dar nasri muosiri toik“ (1982), „Navisanda va ideali zamon“ (1985), „Andesha va chorahoi adabi“ (2005), „Abdulhamid Samad va inkishofi hikoya“ (2007), „Guzashti ayom va tahavvuli adabiyot“ (2009) kitoblari shular jumlasidan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz