Junior Kabananga




Junior Kabananga Kalonji (talaffuzi: Junior Kabananga) (1989-yil 4-aprelda tugʻilgan) — Kongolik professional futbolchi, Liga I jamoasining Mioveni jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Kongo DR terma jamoasi tarkibida harakat qiladi.

Klubdagi faoliyati



Kinshasada tugʻilgan Kabananga oʻzining ilk faoliyatini FC MK Etanchéité bilan boshlagan.

Anderlecht



U Belgiyaning „Anderlext“ klubi safida 2010/2011-yilgi mavsumda debyut qilgan, garchi Anderlecht keyinchalik qalbaki hujjat qoʻllanilgani uchun Kongo Demokratik Respublikasidan futbolchini transfer qilishni bekor qilgan.

Beerschot va Roeselare (Ijara)



U 2011-yilning yanvarida Germinal Beerschot jamoasiga ijaraga oʻtgan, shuningdek, 2012/2013-yilgi mavsumni „Roeslarw“ jamosida ijarada oʻtkazgan.

Cercle Brugge



U 2013-yilning iyul oyida Cercle Brugge bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Astana



2015-yilning iyun oyida u Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Astana“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. 2016-yil iyun oyida u ijaradan oʻz klubiga qaytgan. 2017-yilning 27-iyulida Kabananga „Astana“ bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan.

Karabükspor (ijara)



2016-yilning 1-fevralida Kabananga Turkiyaning 2015/2016-yilgi mavsumi oxirigacha ijara asosida „Kardemir Karabükspor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

"Al-Nassr" va „Astana“(Ijara)



2018-yilning 31-yanvarida Kabananga „Al-Nassr“ bilan 2 million dollar miqdoridagi ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2018-yilning sentyabrida Astana jamosiga ijara berilgan.

Suzhou Dongwu



2021-yil 10-iyun kuni Kabananga Xitoyning birinchi ligasi vakili Suzhou Dongwuga qoʻshilgan.

Mioveni



2022-yil avgust oyida Kabananga Liga I klubi Mioveni tarkibiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



Kabananga 2014-yilda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi safida debyut qilgan. 2015-yil yanvar oyida u 2015-yilgi Afrika Millatlar Kubogi uchun yakuniy tarkibga kiritilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz