Jungli kitobi
„Jungli kitobi“ (inglizcha: The Jungle Book) — ingliz yozuvchisi Rudyard Kipling qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Ilk bor 1894-yil chop etilgan. Asarda va uning davomi boʻlmish „Ikkinchi jungli kitobi“da (1895) junglida boʻrilar katta qilgan Mowgli (talaffuzi: Maugli) ismli bola haqida hikoya qilinadi.
Hikoyalar masal boʻlib, ularda hayvonlar yordamida maʼnaviy saboq beriladi. Asarning asosiy qahramonlari orasida Sher Khan (talaffuzi: Sherxon) ismli sher hamda Baloo (talaffuzi: Balu) ismli ayiqlar bor.
„Jungli kitobi“ asosida bir necha film va multfilm suratga olingan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.
Oʻzbekcha tarjima
„Jungli kitobi“ni oʻzbek tiliga rus tilidan M. Zokirov tarjima qilgan. Kitob oʻzbek tilida shunchaki „Mowgli“ nomi bilan nashr qilingan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asar rasmlarini G. Jirnov chizgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org