Jung‘ariya olatovi




Jungʻariya olatovi (Yettisuv Ola-tovi) — Qozogʻistonning janubi-sharqiy qismi va Xitoydagi togʻlar. Olakoʻl va Ili daryosi orasida. Uz. qariyb 450 km, eni 50–190 km. Bir necha parallel tizmalardan iborat. Balandligi 1500–3000 m. Eng baland joyi 4464 m (Besbaskan togʻi). Muzliklar (maydoni 1120 km²) mavjud. J. O.da polimetall, mis, nodir metall konlari bor. Chala choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi, 2600 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloklari mavjud.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz