Jung Ryeo-won




Jung Ryeo-won (1981-yil 21-yanvarda tugʻilgan) — Janubiy Koreyada tugʻilgan koreyalik, avstraliyalik aktrisa. U oʻzining sahnadagi faoliyatini hozirda tugatilgan Chakra qizlar guruhida qoʻshiqchi sifatida boshlagan va birinchi marta My name is Kim Sam-soon teleserialidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. U, shuningdek ,Two Faces of My Girlfriend, Castaway on the Moon, va History of a Salaryman filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Faoliyati



U Eeni, Eun va Hwangbo bilan birga Chakra K-pop qizlar guruhiga taklif qilingan va u bu taklifga rozi boʻlib guruh aʼzosiga aylangan. Ularning birinchi albomi 2000-yilda chiqarilgan.

Chakra 2004-yilda tarqab ketgan va Jung aktyorlik faoliyatini davom ettirgan. Oʻsha yili 11-marta muvaffaqiyatsiz tinglovlardan oʻtib, u aktrisa boʻlish qaroriga shubha qila boshlaganini aytgan. 2005-yilda u Hello Franceska sitkomida eʼtirofga sazovor boʻlgan, keyin My name is Kim Sam-soon romantik komediyasidagi roli orqali muhlislar qalbidan joy olgan. Serial katta muvaffaqiyatga erishgan. Jung qahramonning sevgisi uchun kurashuvchi nozik va xushmuomala qiz obrazi uchun maqtovga sazovor boʻlgan va oxir-oqibat mamlakatdagi sanoqli muvaffaqiyatli qoʻshiqchi-aktrisalardan biriga aylangan.

Jung 2015-yilda Bubble Gum serialida sabrsiz va beparvo radio produseri rolini ijro etgan. U va bosh yulduz Lee Dong-wook avvalroq 2003-yilda Do the Right Thing sitkomida birga rol ijro etishgan. 2017-yilda u Witch at Court nomli dramada oʻz fikrini aytadigan va oʻzining tajovuzkor tergov taktikasi bilan mashhur boʻlgan prokuror rolini oʻynagan. Oʻzining roli uchun u 2017-yilgi KBS Drama mukofotlarida „Top Excellence“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz